Olmaotadagi xostelda yong‘in sodir bo‘ldi, hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgani aytilmoqda
- 30.11.2023 10:31
- 46
- Xorij
Yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Yong‘in ertalab soat 5:30 larda Adi Sharipov ko‘chasidagi mini-mehmonxona joylashgan uch qavatli uyning yerto‘lasida sodir bo‘lgan. Mehmonlarning aksariyati hali ham qattiq uyquda bo‘lgan, halok bo‘lganlarning aksariyati is gazidan bo‘g‘ilgan.
Xostel 1,5 oy avval ochilgan. Hodisa ro‘y bergan vaqtda unda 72 kishi bo‘lgan, qolganlar evakuatsiya qilingan. Mamlakat hukumati hodisa sabablarini o‘rganish yuzasidan komissiya tuzdi.
Keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan yotoqxona mehmonlari orasida ikki nafar Rossiya va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham halok bo‘lgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Milliy kurashni rivojlantirishga e’tibor kerak
- Bugun, 15:17
- Sport
Bergan ham, olgan ham jazolanadi
- Bugun, 10:25
- Jinoyat va jazo