Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Olti oyda 3 754 ta YTH sodir etilib, ularda 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan

2021 yilning 6 oyida respublika bo‘yicha sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1 833 nafar shaxs ushlangan, bedarak yo‘qolgan 218 nafar shaxs topilgan.

Qolaversa, avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ta’sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmagan.

Shu sababli 2021 yilning 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan.

Oqibatda 3 754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3 170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan.

Eng achinarlisi, 2021 yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542 ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan.

Bu haqda Ichki ishlar vaziri joriy yil 28 iyul kuni Oliy Majlis yuqori palatasining o‘n yettinchi yalpi majlisi oldidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotida ma’lum qildi (https://senat.uz/uz/lists/view/3197).