Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining to‘rtinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda

Ayni paytda viloyat hokimligida oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining to‘rtinchi sessiyasi o‘tkazilmoqda. Sessiya kun tartibida deputatlar tomonidan viloyatda yoshlarning bandlik darajasini oshirish va “5 ta muhim tashabbus” doirasida olib borilayotgan ishlar hamda boshqa bir qator masalalar muhokama etilishi belgilangan.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan xabar berilishicha, sessiya ishida viloyatdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari, tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonalari mudirlari, yoshlar ittifoqi viloyat, shahar va tuman kengashlari raislari, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari hamda Respublikadan viloyatga biriktirilgan ishchi guruh a’zolari ishtirok etmoqda.