Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Oltinchi to‘lqin”: Yevropa Ittifoqi yanada ko‘proq Rossiya banklarini SWIFT tizimidan uzmoqchi

Bugun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyot va moliya vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi – yangi cheklovlar masalasini muhokama qilmoqda.

Ukrainadagi ziddiyat fonida shu vaqtgacha Rossiyada jismoniy va yuridik shaxslar, moliya hamda energetika sohasiga qarshi beshta sanksiya paketini qabul qilgan.

Hozirgacha sanksiyalar doirasida Rossiyadagi yettita bank SWIFT tizimidan uzilgan.

Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel yanada ko‘proq Rossiya banklari SWIFT tizimidan uzilishini ma’lum qilgan. Hozircha yangi cheklovlar aynan qaysi tashkilotlarga qaratilishi e’lon qilinmagan.

"Yana qator Rossiya banklari SWIFT tizimidan uziladi. Aynan qaysilari ekanini ta’kidlay olmayman, shunisi aniqki ular bo‘ladi. Biz Rossiya neftining importiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan choralarni qidirmoqdamiz”, deb aytgan Borrel.

O‘z navbatida bugun Rossiya prezidenti Putin ham “nodo‘st mamlakatlar”ga qarshi javob sanksiyalarini kiritish to‘g‘risida farmon qabul qilgani haqida xabarlar tarqaldi.