Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Olxo‘rining 7 davosi

1.Olxo‘ri mevasi xalq tabobatida ishtahani ochuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Shuning uchun ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilar bu mevani me’yorida iste’mol qilganlari ma’qul.

2.Olxo‘ri bargi maydalab yiringli yaralar ustiga qo‘yilsa, yara tezroq bitishiga yordam beradi.

3.Bu mevadan tayyorlangan kompot yengil peshob haydovchi vosita hisoblanadi. Tarkibidagi kaliy moddasi esa tuz va ortiqcha suvlarni organizmdan chiqarib yuboradi. Shuningdek, u kamqonlik va yurak-qon tomiri xastaliklaridan aziyat chekuvchilar uchun koni foyda.

4.Olxo‘ri qoqisi mevasiga nisbatan ko‘proq kalloriya saqlaydi. Shuning uchun qandli diabet va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchilarga tavsiya etilmaydi.

5.Bir necha dona olxo‘ri daraxti barglarini 15 daqiqa davomida qaynatib, og‘iz chayilsa, stomatit xastaligiga davo bo‘ladi.

6.Olxo‘ri mevasi qorin dam bo‘lishi va qabziyatdan aziyat chekuvchi kishilarga ham tavsiya etiladi.

7.Bu ajoyib meva nafaqat tabobat balki, kosmetologiyada ham keng qo‘llaniladi. Agar teringiz quruq bo‘lsa yog‘siz qaymoq bilan, agar yog‘li bo‘lsa yogurt yoki qatiq bilan maydalangan olxo‘rini aralashtirib surtishni tavsiya etadilar. Shunda yuzdagi kichik ajinlardan xoli bo‘lasiz.