Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo hokimi yangi o‘quv yili oldidan ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilar bilan uchrashdi

Oqdaryo tuman hokimligi tomonidan bayram arafasida tumandagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan bolalarga kiyim-kechak, o‘quv qurollari jamlanmasidan iborat sovg‘a-salomlar tarqatildi.

 - Har biringiz davlatimiz, jamiyat e’tiboridasiz, - tuman hokimi F.Abilov o‘quvchi yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutlar ekan, shunday dedi. – Bu e’tiborni doim his qilib yashab, a’lo baholarga o‘qishingizni, sog‘-salomat voyaga yetib, jamiyatga kerakli inson bo‘lib ulg‘ayishingizni istayman. Va buning uchun qo‘limizdan kelgancha sizlarga yordam berishga tayyormiz.