Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryo issiqxonalarida yetishtirilgan 3 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi

Bugungi kunda Samarqand viloyatida aholi tomonidan 16 mingdan ortiq issiqxona tashkil etilib, yilning barcha faslida qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirilmoqda. Tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan 128 ta yirik, zamonaviy issiqxonalarning 111 tasida gidroponika usulidan foydalaniladi. Joriy yilda ushbu xo‘jaliklarda 9 ming 300 tonna pomidor, bodring va boshqa sabzavot mahsulotlari, sitrus mevalar yetishtirilishi, mahsulotlarning asosiy qismi eksportga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifida bergan topshirig‘iga binoan Oqdaryo tumanida Koreya, Turkiya, Xitoy texnologiyalari asosidagi zamonaviy issiqxonalar kompleksini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ayni paytda tumanda 54 ta ana shunday ob’yektlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilda Rossiya va koreyalik hamkorlarning 1 million 200 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiyasi, 30 milliard so‘mlik bank krediti, tashabbuskorlarning 20 milliard so‘mlik mablag‘i evaziga yana 21 ta zamonaviy issiqxona komplekslari qurilmoqda. Mazkur loyihalar ishga tushgach, 160 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Tumandagi “Daromad Baxt Omad” mas’uliyati cheklangan jamiyatining gidroponika usulidagi 4 gektarlik issiqxonasida yetishtirilayotgan pomidor, bulg‘or qalampiri va bodringning asosiy xaridorlari xorijda. Bu yil ham jamiyat a’zolari 260 tonnadan ortiq mahsulotni Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilishni mo‘ljallagan. Umuman, tumandagi issiqxona komplekslari tomonidan joriy yilda 3 million dollarlik eksport amalga oshirilishi kutilmoqda.

Abduvali XUDOYoROVAgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiSamarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori.