Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryoda 45 oila boshpanali bo‘ldi

Oqdaryo tumani Dahbed mahallasidagi Samarqand agroiqtisodiyot kollejining foydalanilmay turgan yotoqxonasi tuman mahalliy byudjeti hisobidan 3 milliard 320 million so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlanib, ijtimoiy uyga aylantirildi. Uy issiqlik tizimi va ichimlik suvi tarmog‘i bilan ta’minlandi.

Tumanning 35 mahallasida og‘ir sharoitlarda kun kechirayotgan 45 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila yashashi uchun zarur sharoitlarga ega mazkur binoning foydalanishga topshirilishi yangi xonadon sohiblari qalbiga quvonch bag‘ishladi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.