Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryoda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi

Joriy yilning 12 noyabr kuni soat 00:10 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Boshdarxon mahallasida yashagan Xamid T. (1986 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor) turmush o‘rtog‘i Dilorom V. (1994 yilda tug‘ilgan, uy bekasi) bilan o‘zaro janjallashib, uni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osgan va joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.