Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryodagi ko‘p qavatli uylarda muammolar bartaraf etilmoqda

(Tahririyatdan: Xo‘sh, bank va prokuratura tekshiruvlarida aniqlangan kamomad summasida nega tafovut bor?)

“Zarafshon” gazetasining 2019 yil 19 sentyabrdagi 112 (23.234)-sonida e’lon qilingan “Oqdaryoda ko‘p qavatli uylarga e’tibor qanday?” sarlavhali maqolada keltirilgan tanqidiy masalalarga Oqdaryo tumani uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i I.Sa’dullayev munosabat bildirdi.

Mas’ulning ta’kidlashicha, “Oqdaryo tumani Loyish shaharchasidagi Imom Buxoriy ko‘chasida joylashgan 7-ko‘p qavatli uy uchun “Agrobank” ATB Oqdaryo tumani filiali tomonidan jami 128 million so‘m kredit mablag‘i ajratilgan bo‘lib, shundan tom qismi uchun 80 million, hojatxona uchun 48 million so‘m pul mablag‘i ajratilgan.

Qurilish ishlari tugatilgandan so‘ng “Agrobank”ning Oqdaryo tuman filiali tomonidan tekshirilganda 14 million so‘m kamomad chiqarilgan. Tuman prokuraturasi tomonidan tekshirilganda 3 million 250 ming so‘m kamomad chiqarilib, bank hisobiga qaytarilgan.

Hozirda 7-uyning tom qismida qayta ta’mirlash ishlari olib borilib, barcha kamchiliklar bartaraf qilindi.

Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi Lolazor ko‘chasida joylashgan “Oqdaryo yangilanish” XUJMShga qarashli 8-ko‘p qavatli uy uchun “Agrobank” ATBning Oqdaryo tumani filiali tomonidan jami 195 million so‘m kredit mablag‘i ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 111 million so‘m pul mablag‘i ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan tom qismi, fasad, otmoska, kirish yo‘laklari, kirish eshiklari, kanalizatsiya ishlari amalga oshirilgan.

Xonadon sohiblari bilan shartnoma asosida uyning har kvadrat metr maydoni uchun belgilangan 700 so‘mlik majburiy badal pulini to‘lash yo‘lga qo‘yildi.

Agrobank tuman filiali tomonidan qolgan 84 million so‘m pul mablag‘ini joriy yilning 5 oktyabr kuniga qadar chiqarilishiga vada berildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar davom ettirilmoqda”.