Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryolik 8 nafar tadbirkorga oilaviy nodavlat MTT faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ruxsatnoma topshirildi

Oqdaryo tumanidagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - baxtimiz Qomusimiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tumanning maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida 8 nafar tadbirkorlarga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ruxsatnomalar topshirildi.