Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryolik fuqaro noqonuniy qurilgan bino va devorini o‘z hisobidan buzadigan bo‘ldi

Joriy yilning 28 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy qurilgan qurilmani buzish holatlari aks etgan videolavha joylashtirildi.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining 2019 yil 24 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Fayziyev Feruz Maxmanazarovich tomonidan Oqdaryo tumani, Loyish shaharchasi, Yangiobod ko‘chasidagi noqonuniy ravishda egallab olingan 0,12 gektar yer maydonidagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan 16 metr kvadratdan iborat bino va 25 metr uzunlikdagi devorni qarzdor hisobidan buzish va yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2020 yil 11 yanvarda Byuroning Oqdaryo tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Qarzdor F.Fayziyev ushbu ijro hujjati bo‘yicha qurilgan noqonuniy bino va devorni o‘zining hisobidan buzish, yer maydonini avvalgi holatiga qaytarish to‘g‘risida bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, qarzdor ijro hujjatining ijrosini ixtiyoriy ravishda bajarmasdan kelgan.

Shu sababli 2020 yil 26 fevralda tegishli tartibda tuman hokimligi, IIB, yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari ishtirokida majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdor F.Fayziyevning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari tomonidan to‘sqinlik qilinganligi sababli ijro harakatlari qisman amalga oshirilgan va qarzdor F.Fayziyev tomonidan ushbu noqonuniy qurilgan binoning buzilmay qolgan qismini ixtiyoriy ravishda o‘z hisobidan buzishini bildirganligi sababli ijro harakatlari boshqa kunga qoldirilgan.

Ijro harakati davomida davlat ijrochilariga nisbatan javobgar hamda uning qarindoshlari tomonidan noqonuniy holatlar sodir etilmagan.

Majburiy ijro byurosi Camarqand viloyati boshqarmasi.