Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqib ketayotgan avtomashina kanaldan olib chiqildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, Yangiobod mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Amuzang” kanaliga shu tumanning Ismoiltepa mahallasida yashovchi fuqaro Ch.M.ga tegishli “VAZ-2107” rusumli avtomashinasi soyga sirg‘alib tushib ketgan.

Bu haqda joriy yilning 27 oktyabr kuni soat 10:15da Surxondaryo viloyati FVB tezkor navbatchilik guruhiga Jarqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limidan murojaat kelib tushadi.

Xabar bo‘yicha qutqaruv otryadi komandiri leytenant A.Utebayev boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan amaliy yordam ko‘rsatish va avtomashinani kanaldan olib chiqish maqsadida voqea joyiga yetib borishadi.

Qutqaruvchilar zurur ehtiyot choralarini ko‘rib, oqilona sa’y-harakatlar bilan maxsus kiyim va qutqaruv vositalari yordamida kanal ichida oqib ketayotgan avtomashinani suvdan olib chiqishdi.