Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qigan o‘zadi

Xitoy nafaqat iqtisodiyotda, balki kitob nashr qilish va o‘qishda ham jahonda yetakchi o‘rinni egallamoqda, deb yozadi “AiF” (2021 y, 11-son) gazetasi.

Agar ilgari juda katta nusxada Mao Szedunning kitoblari chop etilgan bo‘lsa, endilikda davlat qat’iyat bilan fantastikani rivojlantirishga urg‘u berayotir. XXR hamma vaqt nusxa ko‘chiruvchi fabrika hisoblanib kelardi. Ular buni chuqur tahlil qilib ko‘rishdi va millatga g‘oyalar o‘ylab topish, taraqqiyot fantaziyasi yetishmasligini angladilar.

Buning sabablaridan biri abadiy janr sifatida vatan fantastikasining yo‘qligi deb topildi. Endilikda Xitoy fantastikasi butun jahonga ma’lum. Adabiyotga e’tibor tufayli mamlakatda odamlar ongi, tafakkurida misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar, g‘oyalar va texnologiyalar kashf etilishi ro‘y berdi. Kitobxonlar sonini millionlab o‘sishi mamlakat taraqqiyotida ulkan ijobiy siljishga olib keldi.

Xitoy endilikda ilg‘or texnologiyalarni amalda izchil tatbiq etyapti. Kosmik parvozlarda yetakchi o‘ringa chiqdi. Fan, texnika, madaniyat, ta’lim, tibbiyot va boshqa yetakchi sohalarda Xitoy erishayotgan yutuqlar ommaviy kitobxonlik keng tus olayotganini mahsulidir, deb e’tirof etilyapti.

***

Noyob teleskop ishga tushdi

Shimoliy yarimsharda eng katta neytrin teleskop Rossiya tomonidan 2015 yildan qurila boshlangandi va bu 2,5 milliard rublga tushdi. U suvostida 750 metr chuqurlikda joylashgan. “Ko‘z”lari 2304 ta optik moduldan iborat. Uni ko‘l ostida langar ushlab turadi. Datchiklari yarim kilometrgacha maydonni egallaydi.

Bu mo‘’jiza texnika yordamida olimlar nafaqat Yer qa’rida, balki butun koinotda ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzata olishadi. Yaqinda Baykal ko‘li ostida bundan ham kuchli teleskop ish boshladi. Bu nafaqat navbatdagi ilmiy stansiyani ishga tushirish, balki yangi fan-neyrin astrofizikasida ulkan voqea bo‘ldi. Bunday suvosti teleskopi AQShda ham bor. Ammo u yerda suv tarkibi teleskopni Baykaldagidek tiniq ishlashini ta’minlay olmaydi.

T.Shomurodov tayyorladi.