Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq yana bir jinoyat fosh etildi

Urgut tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarlik jinoyatiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida 1970 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan, tuman XTBga qarashli 136-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchilik qilib kelgan D.V. mahalliy fuqaronining ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi Muxtor Azizov nomidagi universitetning jismoniy tarbiya fakultetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Bu ish evaziga fuqarodan 3 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda D.V. ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.