Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar - Samarqand dastlabki to‘rtlikda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda o‘rta-maxsus va oliy ta’lim sohasida pora olish, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olish borasida muntazam ravishda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida:

- oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 127 ta jinoyat fosh etilib, 384 mln. so‘m va 457 ming AQSh dollarining firibgarlik yoki pora sifatida qo‘lga kiritilishining oldi olindi;

- xorijiy davlatlardan o‘qishni yurtimizdagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxslarning 34 ta jinoyati fosh etilib, huquqbuzarlar tomonidan 81,8 mln. so‘m va 168,2 ming AQSh dollarining qo‘lga kiritilishiga chek qo‘yildi;

- kollej va texnikumlarga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq 37 ta jinoyat fosh etilib, 22 mln. so‘m va 27,5 ming AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hududlar kesimida tahlil qilganda, bu borada Andijonda – 29 ta, Farg‘onada – 27 ta, Toshkent shaharda – 26 ta, Samarqandda – 21 ta, Buxoro va Toshkent viloyatlarida – 17 tadan, Namangan hamda Sirdaryoda – 16 tadan, Surxondaryoda – 9 ta, Jizzax, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda – 6 tadan, Qashqadaryoda – 3 ta, Navoiy viloyatida – 1 ta jinoyat aniqlangan bo‘lib, huquqbuzarlik sodir etganlarning 17 nafari oliy ta’lim tizimida, 14 nafari  kollej va litseylarda ishlasa, 169 nafari boshqa soha vakillari yoki fuqarolarni tashkil etgan.

Ayni paytda yurtimizda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bilan bog‘liq jarayonlar kechyapti. Departament va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar tomonidan ushbu yo‘nalishda korrupsiya holatlarining oldini olish borasida profilaktika va tezkor-qidiruv tadbirlari davom etadi.