Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qituvchi va o‘quvchilar Imom Buxoriy majmuasida

Samarqand davlat universiteti o‘qituvchi va o‘quvchilari Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib, u yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov markaz va hadis ilmi maktabining yaratilish tarixi, amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, ilmiy xodimlar hamda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirdi.

Davra suhbati bilan davom egan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va shoir Azim Suyun, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Saydi Umirov, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Ubaydulla Mingboyev ham qatnashib, nufuzli xalqaro tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligi haqida gapirdi.

Tadbir ishtirokchilari markaz yonida bunyod etilgan Hadis ilmi maktabining tinglovchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. U yerdagi o‘quv jarayonlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanganligi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Zohir YuSUPOV,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kichik ilmiy xodimi.