Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qituvchilari eng ko‘p maosh oladigan 10 mamlakat

O‘zA saytida dunyoda eng ko‘p maosh oladigan o‘qituvchilar o‘nligi e’lon qilindi.
Bu ro‘yxatga ko‘ra Yillik hisobida eng ko‘p maoshni Lyuksemburg o‘qituvchilar oladi: 79.129 AQSh dollari. Ro‘yxatda 10-o‘rinda joylashgan Niderlandiya 39.098 AQSh dollari miqdorida maosh oladilar. Kuchli o‘ntalikdagi mamlakatlarning 7 nafarini Yevropa mamlakatlari tashkil etadi. Qolgan uchtasi: AQSh, Meksika va Avstraliyadir.


Kuchli o‘ntalik ro‘yxati qo‘yidagicha:
1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar
2. Shveysariya — 69,704.74 dollar
3. Germaniya — 61,418.47 dollar
4. Norvegiya — 47,313.23 dollar
5. Daniya — 46,784.11 dollar
6. AQSh — 43,556.76 dollar
7. Meksika — 42,816.51 dollar
8. Ispaniya — 41,886.99 dollar
9. Avstraliya — 40,762.47 dollar
10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar

Taqqos uchun: O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 2018 yil 1 sentyabrdan 1 mln 749 500 so‘m (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi.