Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘quvchilar Amir Temurning harbiy san’ati haqida nimalarni biladi?

Shu kunlarda Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda” shiori ostida ma’naviyat haftaligi o‘tkazilmoqda.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qism tashabbusi bilan Amir Temur maqbarasida tashkil etilgan tadbir ham aynan shu haftalik doirasida o‘tkazildi.

– Tadbir davomida Samarqand shahridagi 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari harbiy qism xizmatchilari bilan bir safda tarixiy obidani ziyorat qilishdi, – deydi leytenant Shohruh Tojiyev. – Bu o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tadbirda o‘quvchi yoshlar Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish davomida harbiylar bilan suhbat qildi. Buyuk sarkarda hayot yo‘li, harbiy yurishlari haqida bilganlarini so‘zlab berdi. O‘zlarini qiziqtirgan savolarga javoblar olishdi.

Baxtiyor Mustanov.