Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish uchun USAID tomonidan 10 million dollarlik grant ajratildi

Yoshlar bandligi va tadbirkorligini kengaytirishga qaratilgan 10 mln. dollarlik beg‘araz grant mablag‘lari doirasida xalqaro loyihani amalga oshirish jarayoni boshlandi.

Xalq ta’limi vazirligi AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan umumta’lim maktab o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyiha tajriba-sinov tariqasida Farg‘ona viloyatida o‘z ishini boshladi.

Loyihaga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘tiladigan "Iqtisodiy bilim asoslari", "Tadbirkorlik asoslari" darslarining o‘tilish jarayoni tahlil qilinib, yangi standart, o‘quv dastur, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, o‘quvchilarga istiqbolli kasblarni egallashi uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar berib borish kabi qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga 8-11-sinf o‘quvchilarining qiziqishlari tanlov asosida o‘rganiladi va o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra ularning kasbiy moyilligi bo‘yicha kelgusida kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

Mazkur loyihalar orqali o‘quvchi-yoshlarda moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda maktab davridan kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun zamin yaratiladi.a