Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oshxonadagi 12 ta xatolik. Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli juda tez keksayib borayotganingizni sezyapsizmi?

Bilasizmi, turlicha ovqatlanish tufayli ayrimlar pensiya yoshida bo‘lsa ham yosh va juda ko‘rkam ko‘rinsa, yana kimlardir 40 yoshida ham 70 ga kirgandek ko‘rinadi. Ovqatlanishdagi xatoliklar tufayli juda tez qariyotganingizni his qilyapsizmi, - deydi vrach-diyetolog A.Dyuval. - Quyida buning 12 ta sababi bilan tanishtirib o‘tamiz.

1- xatolik. Ovqatlanish tartibini saqlamaslik…

O‘z vaqtida tanovul qilmasangiz, keyingi safar ko‘proq ovqat iste’mol qilib qo‘yishingiz mumkin. Bu nafaqat ortiqcha vazn yig‘ishga, balki ovqat hazm qilish a’zolarining ham zo‘riqishiga olib keladi. Shuning uchun bir kunda 4 mahal, qat’iy bir vaqtda ovqatlanishga harakat qiling. O‘z vaqtida dasturxon atrofiga o‘tirar ekansiz, oshqozon-ichak tizimini chog‘lash bilan birga belgilangan vaqtda hazm qilish uchun kerakli moddalar ajralib chiqa boshlaydi.

2-xatolik. Ichimlik suvi sifatini nazorat qilmaslik…

Organizmimiz har qanday suvni ham ko‘ngildagidek qabul qilavermaydi. Bunda suvning qattiqligi, kislotasi, mineral tuzlarning miqdorini e’tiborga olish kerak. Agar suv sanitariya gigiyena tartib qoidalariga to‘g‘ri kelsagina iste’mol qilish mumkin. Bo‘lmasa, organizm noto‘g‘ri ishlay boshlaydi. Qo‘shimcha resurslarni sarflab muddatidan ilgari tanadan chiqib ketadi. Chanqoqni qondirishimiz uchun qorning erigan suvlaridan ichgan ma’qul. Aynan ana shunday suvni organizmimiz hujayralari yaxshi qabul qiladi.

To‘g‘ri, bunday qorning erigan suvini topish amrimahol, ammo, imkoniyat bo‘lmasa, emal idishga bir litr toza suv solib, sovutgichga qo‘ying. 8-9 soat o‘tgach, muz ustini olib tashlab hali muzlamagan suvini to‘kib tashlang. Idishda qolgan muzni esa uy haroratida eritib iste’mol qilishingiz mumkin.

3 – xatolik. Ichimlik suvini ko‘p yoki kam ichganda…

Bir kunda qancha miqdorda ichimlik suvi ichishni bilasizmi? Tananing har bir kilogramm vazni uchun 30 gramm suv ichilishi zarur. Agar vazningiz 70 kilogramm bo‘lsa, 2 litr suv ichishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo ayollar va bolalar biroz kamroq suv ichishlari kerak. Suvning belgilangan miqdoridan ko‘p ichilsa, jigarga ortiqcha yuk tushishi mumkin. Haddan ziyod iste’mol qilingan suv ichqotish va tanada modda almashish jarayonini buzishi mumkin.

4 - xatolik. Un va un mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar ko‘payib ketsa...

Похожее изображение

Barchamiz xonim, chuchvara, manti kabi bug‘doy yoki javdar unidan tayyorlangan taomlarni ishtaha bilan iste’mol qilamiz. Ammo, ular ayrimlarning oshqozonida yaxshi hazm bo‘lmasdan kuchli og‘riq paydo qilishi mumkin. Agar siz xamirli ovqatlarni yaxshi ko‘rsangiz, baribir, ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa, tarkibida kleykovina saqlaydigan mahsulotlar, jumladan, yogurt, muzqaymoq, sosiska kabi sun’iy mahsulotlar iste’molini kamaytirganingiz ma’qul. Ular ko‘p hollarda allergiya chaqirishi, qorinning dam bo‘lishi va hazm bo‘lish tizimining buzilishiga olib keladi. Ba’zi hollarda soch to‘kilishi va tirnoqlarning murtlashishiga ham sabab bo‘ladi.

5- xatolik. Soya yog‘i ko‘p ishlatilganda…

Картинки по запросу Соя ёғи

Milliy oshxonamizda tayyorlangan taomlar oshqozonimizda yaxshi hazm bo‘lishi bilan boshqa taomlardan ajralib turadi. Ammo, qadimdan onalarimiz ovqatlarni soya yog‘ida tayyorlamaganini ham unutmasligimiz kerak. Chunki ular soyani tanada yaxshi hazm bo‘lmasligini bilishgan. Ushbu yog‘ ko‘p ishlatiladigan pishloqlarni sevib tanovul qilganlarning aksariyati immunotizimi buzilganidan aziyat chekadi.

6- xatolik. Ko‘p qaynatilsa…

Har qanday sabzavotlar 20 daqiqa, mol yoki parranda go‘shtlarini mayda bo‘laklarga ajratib 25 daqiqadan oshmagan holda qaynatish kerak. Bu mahsulotlar o‘z tarkibida tana uchun zarur bo‘lgan moddalarni saqlaydi. Agar go‘sht uzoq muddat qaynatilsa, uning tarkibidagi oqsillar titilib ketib tanada yaxshi hazm bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ko‘p qaynagan taomlarni iste’mol qilganda organizm uchun zarur bo‘lgan hujayralardan mahrum bo‘lib, keksayish sari yana bir qadam tashlagan bo‘lamiz.

7- xatolik. Yog‘da qovurilgan taomlarni ko‘p iste’mol qilganda…

Mahsulotlarni issiq yog‘da qovurganda uning usti kanserogenli qobiq bilan qoplanadi. Shuningdek, qovurilgan taom tez hazm bo‘lmaydi. Yoshlikda oshqozon bu ovqatlarni pisand qilmaydi, ammo yosh o‘tavergach, uning hazm bo‘lishi qiyinlashib boraveradi va tananing erta qarishiga olib keladi. Yaxshisi, duxovkada bug‘lab yoki dimlab pishirgan ma’qul. Taomlarni tova yoki mikrovolnovkadan ko‘ra, duxovkada isitib iste’mol qilgan yaxshi.

8- xatolik. Taomlarni uzoq vaqt saqlaganda…

Agar sho‘rvangizni ko‘p muddat muzlatgichda saqlasangiz, uning tarkibida zararli bakteriyalar soni oshib ketadi. Bu esa oshqozon-ichak yo‘li va immun tizimning buzilishiga olib keladi.

9- xatolik. Shirin choy, tort va boshqa qandolat mahsulotlari…

Organizmning yaxshi ishlashi uchun qanddan kamroq iste’mol qilish zarur. Chunki u oshqozon osti bezining faol ishlashiga xalaqit beradi. Shuningdek, qand  - bakteriyalarning ko‘payishiga ham sabab bo‘ladi. Bu esa immun tizimning dam olishsiz ishlashiga olib keladi.      

10- xatolik. Taomga ortiqcha tuz solganda…

Похожее изображение

Tuz organizm uchun zararli. Taom tayyorlayotganda yodlangan tuzdan foydalaning va uni ham iloji boricha kamroq solishga harakat qiling. 

11 – xatolik. Hayvon yog‘larni ishlatganda…

 Ularni butunlay menyudan chiqarib bo‘lmaydi. Chunki ular gormonlar faoliyatiga, soch, teri va ichaklar uchun juda foydali. Shunda ham unga o‘simlik yog‘i aralashganligiga ahamiyat berish kerak. Chunki sariyog‘ va boshqa hayvonlarning qayta ishlanmagan yog‘lari qonda zararli xolestrin moddasini ortishiga sabab bo‘ladi. Bu esa yurak-qon tomir tizimini tez ishdan chiqarishi mumkin.

12 – xatolik. Salatlarga beparvo bo‘lmang…

Картинки по запросу Таомларни узоқ вақт сақлаш

Ovqatlanish ratsionining muvofiqlashtirish unchalik ham qiyin emas. Ko‘proq sabzavotlarning rangiga ahamiyat bering. Dasturxoningizdagi likopchalarda ko‘proq yashil rangli mahsulotlar joy olsin. Chunki, bu rang oshqozon-ichak tizimini yaxshilab, immun tizimni mustahkamlaydi.

Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi.