Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Osiyo chempionati-U23: O‘zbekiston «Xitoy devori»ni «buzdi» - jamoamiz Chin davlati futbolchilarini 2:0 hisobida yengdi

Hozirgina Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘yini yakunlandi.

Unda futbolchilarimiz xitoylik raqiblarini 2:0 hisobida yengib, o‘z guruhida 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etdi.

Endi yosh futbolchilarimiz uchinchi turda Janubiy Koreya jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu o‘yinda durang ham jamoamizni pley-offga olib chiqadi.