Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Samarqandda
- 29.06.2021 16:35
- 88
- Samarqand
Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed boshchiligidagi delegatsiya ko‘hna Samarqandning turizm salohiyati, milliy urf-odatlari bilan tanishish maqsadida viloyatimizda mehmon bo‘lib turibdi. Bu haqda viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Majid Rashed tashrifi davomida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashib, Samarqandni ko‘rish bir umrlik orzusi ekanligini, bugun shu orzusi ro‘yobga chiqqanidan mamnunligini bildirdi.
Shuningdek, madaniy meros ob’yektlarida nogironlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar mehmonda alohida taassurot qoldirganini ma’lum qildi.
Majid Rashed viloyatda sportchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan imkoniyatlarga yuksak baho berib, Tokioda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda samarqandliklarga zafarlar tiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Xazina. Hikoya
- 14 daqiqa avval
- Mutolaa
Urgut kashtalariga xorijda xaridor ko‘p
- Bugun, 11:55
- Madaniyat