Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘tgan yili Jartepa chegara bojxona postida198 nafar yo‘lovchi bojxona qonunbuzilish holatlarini sodir etgan

Ma’lumki, “Jartepa” chegara bojxona posti Urgut tumanida joylashgan. Tabiiyki, tuman aholisi chegara orqali qo‘shni davlatga ko‘proq o‘tib qaytadi. Viloyat bojxonachilari bu gal Urgut tumani Jartepa maishiy xizmat kasb-hunar kollejida mahalla faollari va maktab direktorlari  ishtirokida chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib kirish va olib o‘tish tartibi hamda aniqlangan bojxona qonunbuzulish holatlariga bag‘ishlab profilaktika tadbirini o‘tkazdi.

Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasining surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi bosh inspektor-surishtiruvchisi F.Ahrorov, tuman ichki ishlar bo‘limi katta inspektori Sh.Amonov, tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari R.To‘rayev va “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushunchalar va axborot berishdi.

Ta’kidlandiki, 2019 yil davomida 198 nafar yo‘lovchi bojxona qonunbuzilish holatlarini keltirib chiqarishgan. Shundan 58 nafar Urgutlik fuqarolar huquqbuzarlik sodir etgan.

“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti bosh inspektor-smena boshlig‘i F.Buronov, katta inspektor J.Muxtorov hamda inspektor U.Ashurovlar Nurobod tumani 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 maydagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati masalasida profilaktika tadbir o‘tkazdi. 

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.