Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘tmishdagi ulkan odamlar

XIX asr fotosuratlarida hayratlanarli darajada baland bo‘yli odamlarni topish mumkin. Ularning deyarli barchasi sirk va turli xil “frik-shou”lar va badbashara kishilar paradida chiqish qilish orqali tirikchilik qilgan.

Miss Aboma
Amazon va Afrika giganti sifatida tanilgan Miss Aboma (yuqoridagi suratda) 1862 yilda tug‘ilgan. Dunyodagi eng baland bo‘yli ayol o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan Avstraliya, Italiya, Shveysariya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Irlandiya bo‘ylab sayohat qilib, sirk va spektallarda qatnashgan. Uning bo‘yi 2 metr 32 santimetrni tashkil etgan.

“Xitoylik gigant”
Ismi tarix kitoblarida yozilmagan va “Xitoylik gigant”, deb atalgan novcha kishining 1871 yildagi surati. Uning bo‘yi yevropaliklarga qaraganda ancha baland bo‘lib, 2 metr 44 santimetrni tashkil qilgan.

Silviya Xardi
U 1824-1888 yillarda yashagan. Silviyaning bo‘yi 2,13 metr. U uzoq vaqt davomida badbasharalar sirkida ishlagan. Keyinchalik ruhshunos va kohin sifatida mashhur bo‘lgan.

Amaliya Shulte
“Germaniya go‘zali” nomini olgan Amaliya Shulte (2.19 metr.) baland bo‘yi bilan mutanosib ravishda chiroyli yuzga ham ega bo‘lgan.

Anna Svan va Martin Beyts
Anna Svan va uning turmush o‘rtog‘i Martin Beyts. Ikkalasining ham bo‘yi 2 metr 41 santimetr. Bu oilada ulkan farzandlar ham tug‘ilgan, lekin ular tez orada vafot etgan. Eng kattasining vazni 10 kilogramm, bo‘yining uzunligi esa 76 santimetr bo‘lib, u faqat 11 soatgina yashagan.

Ivan Markov
Rossiyalik Ivan Markovning bo‘yi 2 metr 37 santimetrga yetgan.

Fyodor Machnov
Yana bir rus giganti Fyodor Machnov. Uning bo‘yi 2 metr 39 santimetr bo‘lgan.

Bahora tayyorladi.