Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ovqatlanib o‘tirgan ikki kishi 3 nafar yosh yigit tomonidan pichoqlandi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida yarim kechasi kafeda ovqatlanib o‘tirgan ikki kishi uch nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan pichoqlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Aniqlanishicha, 5 noyabr kuni soat 00:30 da voyaga yetmagan 17 yoshli Ya.T. o‘zining tengdoshlari D.R., D.P.lar bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod shahar 13-dahada joylashgan “Mohinur” kafesida bo‘lgan va shu yerda ovqatlanib o‘tirgan S.X. va Yo.S.lar bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Oqibatda o‘smirlar ularga qo‘l, oyoqlari hamda pichoq yordamida tan jarohati yetkazgan. So‘ngra hodisa joyidan yashiringanlar. Mast holatda bo‘lgan ikki nafar shaxs esa sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam bo‘limiga keltirilgan.

Tergov tezkor guruhi hodisa joyidan ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 77-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik) va 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bezorilik oqibatida) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinuvchilar qo‘lga olingan va holat yuzasidan so‘roq qilinganlar.

Qayd etilishicha, so‘roq jarayonida ular iqrorlik ko‘rsatuvlari berib, gumon qilinuvchi D.R. bir dona pichoqni o‘z xohishi bilan tergovga taqdim etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.