Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oxirgi sutkada dunyoda 478 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 116 million 135 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 581 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 478 614 yangi holati aniqlandi, 10 124 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 116 million 849 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 593 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi.

U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 28,602 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (11,210 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (10,869 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (4,312 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (4,213 milliondan ortiq).

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.