O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 60 million nafardan ortiq
- 20.10.2023 10:24
- 84
- Dolzarb
«Dunyo» axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda xorijiy davlatlardagi 50 dan ortiq o‘quv yurtida o‘zbek tili o‘rgatilmoqda.
Dunyoning eng ko‘p so‘zlashuvchi til reytinglari ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘zbek tili 54-o‘rinni egallaydi. Bunga ko‘ra, o‘zbek tilida mahalliy so‘zlashuvchilar soni 25 milliondan ortiq deb ko‘rsatilgan.
Agarda o‘zbek tili nufuzini nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda oshirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilsa va buni amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar aynan til bayrami arafasida emas, balki muntazam tarzda olib borilsa, shuningdek umumiy so‘zlashuvchilar sonini hisobga olib taxmin qilish mumkinki, O‘zbek tili jahon reytingi bo‘yicha "Top-30" talik o‘rinlarga da’vogarlik qila oladi.