Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingiga kirdi

Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi marta dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingiga kiritildi.

Reytingni tuzishda sayohat, madaniy ta’sir, tadbirkorlik, biznes ochish imkoniyati, harbiy qudrat, yashash darajasi, ijtimoiy maqsad va boshqa kategoriyalar inobatga olingan.

O‘zbekiston reytingda 78 mamlakat orasida 73-o‘rinni egallagan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston (72-o‘rin) ham reytingga kiritilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston esa yo‘q.

Top-5 talikka Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Avstraliya kirgan. AQSh 6-o‘rin bilan kifoyalangan. Reytingda Rossiya 24-o‘rinni band qilgan. Shuningdek, Ukraina (71-o‘rin) va Belarusni (75-o‘rin) ham ko‘rish mumkin.

Oxirgi o‘rinlarni Serbiya (76-o‘rin), El-Salvador (77-o‘rin) va Iroq (78-o‘rin) egallagan.