Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi “Sirdaryoga NNTlar yordami” aksiyasini e’lon qildi

Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, suv toshqini kelib chiqqanligi sababli ko‘plab aholi boshpanasiz qoldi. Sirdaryolik yurtdoshlarimiz boshiga tushgan bu tashvish butun O‘zbekiston xalqini tashvishga soldi.

Prezidentimiz boshchiligida ushbu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish hamda boshpanasiz qolgan va talafotdan zarar ko‘rgan aholini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tezkor va shiddatli chora-tadbirlar, xayrli ishlarni ibrat sifatida e’tirof etyapmiz.

O‘zbekistondagi barcha nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham ushbu xayrli ishlarda faol ishtirok etmoqda. Zero, xalqimiz boshiga tushgan og‘ir sinovli kunlarda odamlar dardiga sherik bo‘lish, ularga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash har birimizning insoniy burchimizdir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston “Qizil yarim oy” jamiyati, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi, “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi, “Luqmoni Hakim” NNT aksiyaning bosh hamkorlari sifatida tashabbus bilan chiqmoqda.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasining “Sirdaryoga NNTlar yordami” aksiyasi doirasida asosan 3 turdagi yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan:

1) Natura ko‘rinishida (bunda, Sirdaryo viloyatida tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga xayriya sifatida yig‘ilgan kiyim-kechaklar, ko‘rpa-to‘shak va choyshablar, oziq-ovqat mahsulotlari, xo‘jalik buyumlari, gigiyenik vositalar va dori-darmonlarni yetkazish).

Ushbu yo‘nalishdagi xayriyalar O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining Toshkent shahar bo‘limida to‘planadi va muntazam ravishda joylarga yetkaziladi.

Mas’ullar: O‘zNNTMAning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi bosh koordinatori Mavlyanova Dildora Xaydarovna (telefon raqami:        90-903-97-01), hamda O‘zNNTMA ijro devoni xo‘jalik bo‘limi mudiri Selyamiyev Xalit Djevatovich (telefon raqami: 90-345-90-26).

2) Po‘l ko‘rinishidagi yordam (pul ko‘chirish orqali qilinadigan xayru ehsonlar O‘zNNTMAning Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh koordinatori Mamaraximov Shavkat O‘rolovichning hisobraqami va plastik kartasida to‘planadi va shakllantirilgan ro‘yxat asosida muhtojlarga taqsimlanadi).

Mas’ullar: O‘zNNTMAning Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh koordinatori Mamarahimov Shavkat O‘rolovich (telefon raqami: 91-621-29-91; 97-276-00-65). Plastik kartasi raqami: 8600 0609 2557 0534 O‘zNNTQQJF boshqaruvi raisi Xalilov Samandar Abdurashidovich (telefon raqami: 90-128-28-82).

3) Tashkiliy, ma’naviy-ruhiy (psixologik) yordam (faol ko‘ngillilardan tashkil topadigan guruhlar xayru ehson sifatida yig‘ilgan kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, xo‘jalik buyumlari, dori-darmonlarni, pul mablag‘larini tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan oilalarga yetkazishga ko‘maklashadi hamda ushbu oilalar a’zolariga kerakli maslahatlar va psixologik yordamlar ko‘rsatiladi).

Mas’ullar: O‘zNNTMA ijro devonining Ayollar, yoshlar, ta’lim va bandlik sohalaridagi NNTlar faolligini oshirish masalalari bo‘yicha bosh konsultanti Bobomurodova Muhabbat Sadullayevna (telefon raqami: 97-266-47-74) hamda O‘zNNTMA Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi bosh koordinatori Kamalova Nazifa Mirzaliyevna (telefon raqami: 91-564-81-81).