Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

Joriy yilning noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022ga saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi maydonga tushadi.

Muhim bahslarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Vadim Abramov boshchiligidagi milliy jamoamiz Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17:00 da boshlanadi.

Bilasiz, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa, muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o‘yini chiptalari savdosini to‘liq hajmda amalga oshiradi.

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Endilikda ishqibozlar vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalarni xarid qilish imkoniga ega.

Ayni paytda muxlislar O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvi chiptalarini iticket.uz saytida 3 xil toifada xarid qilishlari mumkin:

1-toifa – 5 000 so‘m;

2-toifa – 10 000 so‘m;

CIP – 35 000 so‘m.

Chipta bo‘yicha batafsil ma’lumotni iticket.uz saytidan olishingiz mumkin.

O‘rtoqlik uchrashuvi

9 noyabr (shanba)

O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON

"Paxtakor" stadioni

Boshlanish vaqti 17:00.