Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 2022 yilgacha yana ikkita Talgo tezyurar poyezdidan oladi

Ispaniyaning Talgo  kompaniyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga yaqin uch yilda ikkita tezyurar poyezdi yetkazib beradi. Bu haqda gazeta.uz xabar bermoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Ispaniyaning Patentes Talgo kompaniyasi bilan 2022 yilgacha yana ikkita tezyurar poyezd sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda bugun temir yo‘l tashuvlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishda kompaniya vakillari xabar berishdi.

Shartnoma summasi 57.5 million yevroni tashkil etadi. Ispan kompaniyasi ikkita poyezdga qo‘shib, yana to‘rtta ekonom klassga mansub qo‘shimcha vagonlar ham yetkazib beradi.

Bugungi kunda  «O‘zbekiston temir yullari» Talgo AVE 250 markasidagi to‘rtta poyezdni Afrosiyob nomi ostida ishlatayapti. Toshkent-Samarqand, Toshkent-Shahrisabz i Toshkent-Buxoro yo‘nalishlarida harakatlanmoqda.