Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston xalq artistlari Urgutga bordi

Urgut tumanida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov va Yodgor Sa’diyevlar tuman xotin-qizlari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.

Unda aktyorlar xotin-qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan tabriklab, o‘zlarining ijodiy faoliyati, yangiliklar, kadr orti mashaqqatlari haqida so‘z yuritdi.

- Bahorning ilk kunlarida siz, munis va go‘zal ayollarimizning bayrami bejiz nishonlanmaydi, - dedi Erkin Komilov. – Chunki sizda bahor nafasi, gullarning nafosati mujassam. Erta tongda ishga otlanar ekanmiz, sizning mehringiz va tabassumingiz kun davomida bizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Ijodiy uchrashuv davomida urgutlik xotin-qizlar kino sohasidagi yangiliklar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.