Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haqida film yaratiladi

"O‘zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan "Tirik sayyora” hujjatli filmi suratga olinadi. Filmda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.

12-14 mart kunlari ijodiy guruh suratga olish joylari bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Hozirda filmning s’yomka jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur film "Xalq yuragi" turkum hujjatli filmlar doirasidan o‘rin olgan.

Film ssenariy muallifi Xurshid Do‘stmuhammad, rejissyor Abduxalil Mingnorov, operator Aziz Arziqulov, kartina direktori Ahmadjon Unarboyev.