Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafot etdi

O‘zbek bolalar yozuvchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 21 mart kuni 89 yoshida vafot etdi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tagob qishlog‘ida tug‘ilgan. 1949 yil Qo‘qon davlat pedagogika institutini, 1955 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlagan.

1958 yildan Xudoyberdi To‘xtaboyev keyingi 14 yil mobaynida «Toshkent oqshomi», «Sovet O‘zbekistoni» gazetalarida 300 dan ortiq feletonlarini chop etadi. Shuningdek, «Guliston», «Sharq yulduzi», «Gulxan», «G‘uncha», «Yosh kuch» jurnallarida, «Yosh gvardiya» va «Kamalak» bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etadi.

1958 yil qisqa vaqt mobaynida «Yosh gvardiya», «Sir fosh etildi», «Sehrli qalpoqcha» kabi kitoblari omma e’tiboriga havola qilindi.

Keyingroq «Omonboy va Davronboy», «Sariq devni minib», «Yillar va yo‘llar», «Besh bolali yigitcha», «Qasoskorning oltin boshi», «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida», «Jannati odamlar» kabi kitoblari chop etiladi.