Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonovaning MUROJAATI

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida xotin-qizlarni tasniflaydigan, toifaga ajratadigan ro‘yxatni shakllantirishga qat’iyan qarshiman.

Bugun internet tarmog‘ida shov-shuvga aylangan “xotin-qizlarning 23 ta toifasi ro‘yxati” tuzilishiga mening hech qanday aloqam yo‘q.

Jurnalistlar, blogerlar hamda internet foydalanuvchilaridan mening sha’nimga aytilayotgan haqoratlarni to‘xtatishlarini so‘rab qolaman.