Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda 5 kunda koronavirusga qarshi shifoxona barpo etiladi (foto)

Koronavirus pandemiyasi insonlar hayotiga xavf solayotgan bir sharoitda xalqimizning jipslashayotgani, qo‘ldan kelgancha bir-biriga yaxshilik ulashayotgani ko‘ngillarni quvontirmoqda.

Bebaho boyligimiz – sog‘lig‘imizni muhofaza qilishga qaratilgan xayrli ishlarning e’tiborga munosiblaridan biri Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 53 gektar hududda boshlab yuborildi, deb xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi.

Qisqa fursatda barpo etiladigan shifoxonada xorijdan charter reyslarda kelayotgan vatandoshlarimiz karantinda bo‘lishadi.

Shifoxona poytaxtimizdan 25 kilometr uzoqlikda. Bu yerda barcha sharoitlar mavjud bo‘ladi. Shifoxonani 5 ish kunida barpo etish ko‘zda tutilgan.

Kasalxona binosining loyihasi 3 kunda tayyor bo‘ldi. Qurilish vazirining ma’lum qilishicha, ikkita katta klinika bosqichma-bosqich qurib bitkaziladi. Bu borada Xitoy tajribasi o‘rganildi.

24 soat davom etayotgan qurilish jarayoni davomida ishchilarning xavfsizligi to‘la ta’minlangan, salomatliklari esa doimiy nazorat ostida. Mashaqqatli va sharafli bu vazifada quruvchilarga sabot tilaymiz.