Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Kecha O‘zbekistonga G‘arbiy Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirdi. Mamlakat shimolida harorat 7-10 daraja pasayib, 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ldi.

"O‘zgidromet"ning xabar berishicha, bugun antitsiklon butun respublika hududiga tarqaldi. Bu sovuq havo oqimi ta’sirida bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Harorat pasayib, 10-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning oxirigacha Respublika hududi sovuq havo ta’siri ostida qoladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat foni kechasi 0-5 daraja iliq, 12 noyabrda ayrim joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.