Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda qancha gektar yer talon-toroj qilingani ochiqlandi

Davlat va jamoat manfaatlariga qariyb 1409 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan

2021 yil yanvar oyidan 1 dekabrgacha respublikada 10 042 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq 437 ta jinoyat sodir qilinganligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlanib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qat’iy hal qilingan.

Shuningdek, 233 holatda mansabdor shaxslar va boshqa yer egalari 5904 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 75,5 mln. AQSh dollariga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan. Yoki 76 holatda 3110 gektar yerdan noqonuniy foydalanilganlik oqibatida davlat va jamoat manfaatlariga qariyb 1409 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi fosh etilgan.

Bu haqda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.