Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

Rossiya Federatsiyasi tomonidan taqdim etilgan uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari tahlili muhokama qilinib, birlamchi bosqichda sertifikatlashtirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini boshlash mumkinligi ma’qullandi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan quyidagi shaxslar emlanadi:

- 65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar;

- surunkali kasalliklari bor shaxslar;

- tibbiyot xodimlari;

- maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda oliy ta’lim muassasalari xodimlari;

- aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari.