Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonlik raqibidan nokautga uchragan bokschi shifoxonaga yotqizildi

Kecha Yekaterinburgda o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovdan nokautga uchragan amerikalik bokschi Richard Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushib qoldi, deb yozmoqda Sputnik.

Xabarda aytilishicha, Torres jangdan so‘ng o‘z oyog‘i bilan tez yordam mashinasigacha yetib borgan va unda Yekaterinburg klinikalaridan birga olib borilgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining eng og‘ir 91+ kilogramm vazn toifasida ishtirok etmoqda. Kecha o‘zbekistonlik bokschi chorak final bahsi uchun amerikalik bokschi bilan ringga chiqqan edi. Bahodir Jalolovning to‘liq ustunligida o‘tgan jang 1-raunddayoq nokaut bilan yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan chorak final bahslarida besh nafar o‘zbekistonlik bokschilar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi:

52 kilogramm vazn toifasida Shahobiddin Zoirov

57 kilogramda - Miraziz Mirzahalilov

69 kilogramda - Bobousmon Baturov

81 kilogramda - Dilshodbek Ro‘zmetov

91+ kilogramda - Bahodir Jalolov.