Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonlik yigit YTHga uchragan odamlarni qutqargani uchun mukofotlandi

Perm o‘lkasi gubernatori Maksim Reshetnikov O‘zbekiston fuqarosi Danil Yuldashevga YTHga uchragan avtobusdan odamlarni qutqargani uchun mukofot berdi, deb yozmoqda Sputnik.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Perm shahrida 53-sonli yo‘nalishli avtobus yo‘l transport hodisasiga uchragan, 1 kishi qurbon bo‘lgan 32 kishi jarohatlangan edi.

YTH oqibatida avtobus eshiklari ochilmay qolgan. Voqea guvohi bo‘lgan Danil orqa oynani sindirib avtobus ichiga kirgan va odamlarni olib chiqib ularga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Viloyat rahbari Danilga minnatdorlik xati, bokschilar qo‘lqopi topshirgan. Reshetnikov yosh yigitning jasurligi uchun minnatdorlik bildirgan.

"Danil favqulodda vaziyat yuz bergan joyda ikkilanmasdan tez yordam kelguniga qadar jarohat olganlarga yordam ko‘rsatishni boshlagan”, - dedi gubernator.

Shuningdek viloyat hukumati yosh yigitga Rossiya fuqaroligini olishda yordam ko‘rsatishini xabar qilgan.