Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonliklarni chuv tushirgan Kamerun fuqarolari ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Kamerun Respublikasi fuqarolari tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu manosabat bilan ushbu gumondorlardan jabr ko‘rganlardan ichki ishlar bo‘limlariga yoki Tergov departamentiga murojaat qilish so‘ralgan.

«Hurmatli fuqarolar! Agar Siz fotosuratlarda keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek, Tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi IIV xabarida.