O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
- 31.01.2023 10:54
- 178
- Dolzarb
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 31 yanvar va 1-2 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida ham sel xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Odamlar yashaydigan g‘ayrioddiy binolar
- Kecha, 19:27
- O'qing, qiziq!
“Muolajani mehrdan boshlaydigan shifokor”
- Kecha, 17:16
- Ta’lim
Ehtiyotsizlik ayanchli yakunlanishi mumkin
- Kecha, 16:55
- Samarqand