Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonning ayrim shaharlarida yer silkinishi qayd etildi

Bugun, 4 iyun kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim shaharlarida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Koordinatalar 40,87 gradus shimoliy kenglik, 71,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik h=19 km. Toshkentgacha masofa 166 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Namangan: 49 km;3 ball

Andijon: 103 km;2 ball

Farg‘ona: 78 km;2 ball

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.