Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘zbekkino" Belarusda "Ilhaq" filmining harbiy sahnalarini suratga oladi

“O‘zbekkino” Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Ilhaq” filmining O‘zbekistondagi suratga olish jarayonini yakunladi. Endi filmni suratga olish guruhi Belarusga yuborildi. U yerda film uchun harbiy sahnalar suratga olinishini ma’lum qilmoqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati.

“Ilhaq” tarixiy filmi bo‘lgan voqealarga asoslangan. Ushbu film urushda beshta o‘g‘lini: Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon Xolmatovlarni yo‘qotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlog‘ida yashagan Zulfiya Zokirovaning fojiali hayoti haqida hikoya qiladi.

"Filmni yaratish g‘oyasi shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli", dedi "O‘zbekkino" rahbari Firdavs Abduxoliqov.

- Dastlab film faqat O‘zbekiston hududida ro‘y bergan voqealar haqida suratga olinishi kerak edi. Ammo keyinchalik ssenariy Zulfiya Zokirovaning o‘g‘illari qanday qilib qahramonona jang qilgani va jang maydonlarida halok bo‘lganligi tasvirlangan jang sahnalari ssenariyga kiritildi, - dedi film rejissyori Jahongir Ahmedov. - Biz allaqachon “Belarusfilm"da bo‘lganmiz va hamkasblar bilan ushbu film ustida birgalikda ishlash to‘g‘risida kelishib olganmiz.