Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“O‘zbekneftgaz” AJ Ai-92 benzinni Samarqandda ham sotuvga chiqardi

"O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati ""UNG Petro" MChJ tomonidan neft mahsulotlarini sotish hajmini oshirish bo‘yicha Ai-92 benzin sotuvi Farg‘ona vodiysi bo‘ylab yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda Sirdaryo, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham Ai-92 rusumli yuqori sifatli benzinni iste’molchilarga sotish tashkil etildi. Kompaniyaning ushbu viloyatlaridagi 10 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mahsulotlar iste’molchilarga sotilmoqda.

Ta’kidlash joizki, "UNG Petro" Ai-92 rusumli benzinni boshqa kompaniyalarga nisbatan 14-15 foizga arzonroq sotishni yo‘lga qo‘ydi.

Agar sizda “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda sotilayotgan yoqilg‘ining sifati va narxi bilan bog‘liq murojaat yoki fikr-mulohazalar bo‘lsa, telegram kanaldagi @UNG_Petro_Bot orqali bildirishingiz mumkin.