Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zboshimchalik bilan yerni o‘zlashtirgan fuqarolar qariyb 390 million jarima to‘laydi

Yer resurslaridan foydalanishda qonunbuzilish holatlarining oldini olish va yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida inspeksiyamiz tomonidan monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirda tumanning “Mehnatobod” agrofirmasi hududida yashovchi fuqaro A.N. tuman hokimligi zaxira yer maydoni hisobida bo‘lgan 78,8 ball bonitetli dala konturidan 0,25 gektar maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlandi. Fuqaro 2500 metr kvadrat yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarganligi oqibatida davlatga 245 million 569 ming 764 so‘m zarar yetkazgan.

Shuningdek, “Qayroqli” agrofirmasi hududida istiqomat qiluvchi fuqaro Z.M. tuman hokimligi zaxira yer maydoni hisobida bo‘lgan 58,4 ball bonitetli dala konturidan 0,40 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, davlatga 129 million 284 ming 400 so‘m zarar yetkazgan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan inspeksiyamiz tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, ikki nafar javobgardan 374 million 854 ming 164 so‘m zararni davlat foydasiga undirish hamda 14 million 994 ming 166 so‘m davlat boji undirish belgilandi.

Azamat Xoliqov,

O‘zagroinspeksiyaning Urgut tumani bo‘limi boshlig‘i.