Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zboshimchalik bilan imorat qurilishiga oid 15 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan

Joriy yilning 11 oyi davomida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu uchastkalarda o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishiga oid 15 416 ta (2 496,5 ga) qonun buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shundan:
🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 8 395 ta (1 911 ga);
🔸 aholi punktlari yerlarda 6 331 ta (487 ga);
🔹 sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 17 ta (2 ga);
🔸 o‘rmon fondi yerlarda 31 ta (3 ga);
🔹 suv fondi yerlarda 83 ta (2 ga),
🔸 zaxira yerlarda 559 ta (91 ga)ni tashkil etadi.

Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar:

➖ 15 416 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari yuborildi;

➖ yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 8 500 ta (1 173 ga) taqdimnomalar kiritildi;

➖ 2 655 ta (260,3 ga) holatda sudlarga kiritilgan da’vo arizalariga asosan 496 ta (26,7 gektar) holatda sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 2 159 ta (233,6 ga) holat bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda;

➖ huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun 4 720 ta (805,9 ga) holat yuzasidan prokuratura organlariga ma’lumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.