Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“O‘zdonmahsulot” nonning narxi oshishiga munosabat bildirdi

Bugungi kunda non narxining erkinlashtirilishi natijasida ayrim hududlarda qolipli non mahsulotlari 1700 so‘mdan 1900 so‘mgacha narxda sotilayotganligi xususidagi fikr-mulohazalar aholi o‘rtasida keng tarqalib, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qolipli non mahsulotlari bugungi kun holatida 1400-1500 so‘mdan barcha turdagi iste’molchilarga pul ko‘chirish va turg‘un savdo shoxobchalari orqali yetkazib berilmoqda va ushbu narxlar ishlab chiqarish xarajatlaridan kelib chiqib shakllantirilgan.

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi non ishlab chiqaruvchi sexlarda tayyorlangan mahsulotlar korxona nomi va logotipi mavjud maxsus do‘konlar va bozorlar, savdo komplekslari, aholi gavjum joylardagi shoxobchalar orqali belgilangan tartib va standartlar asosida sotilishi tashkil etilgan va bu boradagi harakatlar ustidan qat’iy nazorat muntazam ravishda olib borilayotgani haqida ma’lum qildi.

Bilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 866-sonli “Don va un yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori don, un, non va non mahsulotlari narxlarining erkinlashtirilishi sohani yanada rivojlantirish, unda erkin bozor mexanizmini joriy etish evaziga yangi, zamonaviy texnologiyalarni keng jalb qilish orqali mahsulot sifatini yanada yaxshilash, ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va asosiysi – bozorda mahsulot kamayishi va yetishmovchiligining oldini olishga qaratilgan.